So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

09 iyu 11:52
Yangiliklar

Tadbirlar

“Olimpiya kuni” 2.5 million hamyurtimizni birlashtirdi

Teglar :  Olimpiya kuni
6 iyul O'zbekistonda “Olimpiya kuni” sifatida keng nishonlandi.

Ahamiyat bering, Respublikamiz tarixida hali bunday katta masshtabdagi sport tadbiri o'tkazilmagan.

Tadbir 6 iyul sanasiga belgilangan bo'lsa-da, mazkur bayramni nishonlash Respublikamiz viloyatlarida bir necha kun muqaddam boshlanib ketgan edi. Jumladan, dastlab Buxoro viloyati Ark qo'rg'onida “Olimpiya kuni” doirasida 10 ming kishi ishtirokida ommaviy sport tadbiri o'tkazildi.

SHundan so'ng “estafeta tayoqchasi” Samarqand, Xorazm, Andijon, Qashqadaryo va boshqa viloyatlariga navbati bilan o'tib bordi.

Mazkur sport tadbiri Toshkentdan Termizgacha, Xonabod shahridan Qoraqalpog'istonning chekka hududlarigacha bo'lgan joydagi deyarli har bir oilaga kirib bordi. SHu bois ham ortda qolgan haftani Olimpiya va sport haftaligi sifatida tarixda qoldi, deya bemalol ayta olamiz. Zero, bir necha kun mobaynida har bir viloyat, shahar va tuman markazlarida Olimpizm g'oyalarini, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish bo'yicha katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Takidlash joiz, ushbu tadbir doirasida yirik sanoat korxonalaridan tortib yozgi bolalar oromgohlari, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan ko'plab tashkilotlar ham faol ishtirok etishdi. Hisob-kitoblarga ko'ra, bu yilgi “Olimpiya kuni” butun Respublikamiz bo'ylab 2.5 million kishini sport targ'iboti, Olimpizm g'oyasi yo'lida birlashtirdi.

Jumladan, Toshkentda o'tgan ommaviy sport tadbiri ham poytaxtimiz aholisi uchun chinakam bayramga aylandi. Bog'lardagi ko'ngilochar tadbirlar, markaziy xiyobondagi otlar paradi, “Humo arena”dagi koncert minglab hamshaharlarimizga olam-olam quvonch ulashdi.

6 iyul kuni “Humo arena”da o'tgan katta koncert dasturi esa mamlakatimizda o'tgan Olimpiya va sport haftaligining mantiqiy yakuni bo'ldi. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bundan keyin ham ommaviy sport targ'iboti yo'lida qator sport tadbirlarini tashkil etishda davom etadi. Rejaga ko'ra, hamyurtlarimiz uchun istirohat bog'larida turli musobaqalar, sportimiz yulduzlari ishtirokida mahorat saboqlari, ko'rgazmali chiqishlar tashkil qilish dasturga kiritilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing