So’nggi yangiliklar

17:45WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди, энг яхши ўрин Исроил Мадримовда 0 17:12Бразилиядаги ўйин вақтида 15 ёшли футболчи отиб ўлдирилди 0 16:30“Усман Топурияни тўрт раунд ичида тўхтатади” - менежер 0 15:48"Ислам учун бу узоқ тун бўлиши мумкин" - эксперт Махачев - Гарри жанги ҳақида гапирди 0 15:12Тожикистонлик спортчи Бенеил Дариушни жангга чорлади 0 14:30ФИФА атрофида машмаша: Инфантино 30 миллион долларлик маошни кўзлаган 0 13:56Махачев: "Мени мағлуб этиш мумкин, аммо…" 0 13:28Гулруҳбегим Тохиржонова "Granada Chess Open 2026" турнири ғолибига айланди 0 12:43WBA рейтинги янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи, Абдуллаев илк бор рейтингга кирди 0 12:11"Реал"нинг янги трансфери барбод бўлиш мумкин. Нега? 0 11:25WBO Бектемир Мелиқўзиевнинг вазнига ўтган Жанибек Алимханулини рейтингининг юқори поғонасига жойлади 0 10:49Акбар Исломбоев LFA 240 турнирида жанг қилади. Рақиб аниқ (ПОСТЕР) 0 10:10Синдаров Grand Chess Tour: Saint Louis Rapid & Blitz 2026 пешқадамлар сафида 0 09:44Суперлига. Бугун бизни 3 та қизиқарли учрашув кутмоқда 0 09:07Авазбек Холмирзаев: "Чемпионлик камаримни йўқотгандан кўра ўлганим афзал" 0

23 iyu 16:12
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Qiziqarli!

Olimpiya o'yinlari tarixidan qiziqarli faktlar

Teglar :  Olimpiya o'yinlari
Olimpiya tamoyili (yoki Olimpiya o'yinlari “kredo”si) -Eng muhimi, g'alaba emas, balki ishtirok etish (yoki: g'alaba qilmang, balki ishtirok eting)”.

Olimpiada deganda ko'zimiz oldiga besh xil rangdagi halqalar keladi. Quyida biz har 4 yilda o'tkaziladigan Olimpiada musobaqalari tarixida bo'lib o'tgan qiziqarli faktlarni bilib olamiz.

1984 yilgi Olimpiya o'yinlarida misrlik dzyudochi Muhammad Ali Ravshan yaponiyalik Yashaxiro Yamashita bilan bo'lgan final jangida yapon kurashchisining jarohati borligini bila turib, o'sha nuqtaga hujum qilmagan. Natijada mag'lub bo'lib, kumush medal bilan kifoyalangan. Eronlik kurashchi G'ulomrezi Taxti ham oyog'ida jarohati bor sobiq ittifoq kurashchisi Aleksandr Medvedev bilan bahsda uning jarohati borligini bilib, unga hujum qilmagan hamda jangni boy bergan.

Har bir Olimpiadaning ochilish marosimidagi paradni ananaviy ravishda Greciya delegaciyasi – Olimpiya o'yinlarining vatani boshlab beradi va o'yinlar o'tkaziladigan davlat delegaciyasi tugatib beradi. 2004 yilda Afinada Olimpiya o'yinlari bo'lib o'tganda, nizo shu tarzda hal qilindi: Paradni bitta yunon sportchisi bayroqdor sifatida ochdi va qolgan yunon jamoasi oxirida chiqishdi.

Qadimgi Olimpiya o'yinlari qatnashchilari va g'oliblari orasida Demosten, Demokrit, Platon, Aristotel, Sokrat, Pifagor, Gippokrat kabi taniqli olim va mutafakkirlar bor edi. Pifagor mushtli kurashda chempion bo'lgan va Platon pankration sport turida g'olib bo'lgan. Bundan tashqari, ular tasviriy sanatda ham raqobatlashganlar.

1904 yilda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida amerikalik Fred Lorz marafonda birinchi bo'lib marraga etib keldi, ammo unga oltin medal berilmadi. Bunga sabab uning masofaning boshida va oxirida yugurgani bo'ldi. Qolgan masofani Fred yo'lda uni olib ketgan mashinada bosib o'tgan.

Gvineyalik suzuvchi Erik Musambani Malonga Sidneyda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlari tarixidagi eng yomon natija qayd etgan. 100 metr masofani suzganidan so'ng, “The Times” jurnalistlari tomonidan «Erik-ilonbaliq» laqabini olgan. Gap shundaki, u hayotida birinchi marta yuz metrga suzdi, birinchi marta 50 metrli basseynni ko'rdi va musobaqadan 8 oy oldin suzishni o'rgandi. Bunday past ko'rsatkichli suzuvchi qanday qilib Olimpiada o'yinlariga kirdi? Malum bo'lishicha, Olimpiya qo'mitasi tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun maxsus kvota mavjud. Darhaqiqat, muhimi g'alaba emas, balki kurashda ishtirok etish!

1924 yilda Parijda o'tgan Olimpiadaning futbol bahsida Urugvay bayrog'i teskari osilgan va madhiya o'rniga Braziliya sambasi ijro etilgan. Eng yuqori darajadagi trolling! Futbolchilar o'zlarining tug'ilib o'sgan yurtiga bo'lgan hurmatsizlikdan shunchalik “ilhom”landilarki, ular Yugoslaviya terma jamoasini 7:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. Keyin ular amerikaliklarni (3:0), Franciyani (5:1), Gollandiyani (2:1) va finalda SHveycariyani (3:0) mag'lub etishdi va oltin medallarga ega bo'lishdi.

Bundan tashqari, Olimpiya tarixida kulgili marafon yuguruvchisi ham bor edi – SHitso Kanaguri. U 1912 yil Stokgolmda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida qatnashgan. Marafon treklari qishloqlardan o'tib ketayotganda, qishloq uylaridan birining eshigini taqillatgan, yaponiyalikni suvsizlangan tanasini ko'rib, uy egasi suv keltirguncha marafon yuguruvchisi …uxlab qoldi! U uzoq uxlamadi –atigi bir kundan ortiq. Yarim asr o'tib, Kanaguri yana SHveciyaga keldi. Vijdoni qiynalgan 70 yoshli yapon marafon yuguruvchisi o'sha masofani topib, qolgan masofani qayta yugurgan. Siz nima xohlagan edingiz? G'alabaga bo'lgan iroda – ana shunaqa!

Zamonaviy sportda qoidani buzganliklari uchun atletlarga qizil yoki sariq kartochka berishlari, to'plagan ochkolarini olib tashlashlari, diskvalifikaciya qilishlari mumkin. Avvallari esa bunday bo'lmagan. Qadimgi greklar juda qattiqqo'l bo'lishgan. Masalan, biror atlet startga ertaroq chiqsa, uni tayoqlar bilan savalashgan. Musobaqa ishtirokchilari nosog'lom raqobat qilsa, qoidalarni buzsa, uni toshbo'ron qilishlari va hatto o'ldirib yuborishlari ham mumkin bo'lgan.

Olimpiya hakamlari ham oddiy insonlardir. 1928 yil Amsterdam Olimpiadasida, referilardan biri yugurish yo'lidan ancha uzoqroq joyga ketib qolishga sabab bo'ldi. SHunaqasi ham bo'lib turadi! Faqat g'olibni aniqlash uchun o'z joyiga qaytib kelgan hakam hisobni yo'qotdi – sportchilar yugurish yo'lagida yana bir necha yuz metr ortiqcha yugurib ulgurishgan edi. Xatolik sezildi, ammo natijalar bekor qilinmadi – yigitlar behuda urinishdimi?

Olimpiya o'yinlari tarixi to'g'risida keltirilgan yuqoridagi qiziqarli voqealar hali oxiri emas……..! Keyingi sahifamizda mavzuni, albatta, davom ettiramiz!

MOQ Axborot-tahlil departamenti
bosh mutaxassisi SH.Nazarov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing