So’nggi yangiliklar

17:58"Фьюри реваншда Усикни мағлуб этади" - собиқ чемпион 0 17:34Фигерейду Ян билан жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0 16:41"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи 0 16:20Шахмат ва парашахмат бўйича “ҳоким кубоги” 0 15:59Россиялик блогер Баҳодир Жалоловнинг навбатдаги рақиби ҳақида: "Мешок"ларнинг камдан-кам учрайдигани рақиб қилиб олинди" 0 15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0 13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0 13:11Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/2 финал иштирокчисига айланди 0 12:50Бугун 5 нафар аралаш яккакурашчимиз Octagon 66 турнирида жанг қилади 0

30 iyu 15:52
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Olimpiya o'yinlariga yo'llanmalar qanday o'ynaladi?

Teglar :  Olimpiya o'yinlari
Bir asrdan oshiq vaqtki, Olimpiya o'yinlari sayyoramizning eng muhim musobaqasi, unda qo'lga kiritilgan medallar esa sportda erishilgan eng katta yutuq sifatida qabul qilinmoqda.

Ammo mazkur yirik kompleks musobaqada ishtirok etish uchun sportchi va uning jamoasi mashaqqati borasida Olimpiya o'yinlaridan kam bo'lmagan sinovlardan – saralash musobaqalaridan o'tib kelishi lozim.

Har bir sport turi bo'yicha Olimpiya o'yinlariga saralash qoidalari va tartibi Olimpiya Xartiyasiga muvofiq o'sha sport turining musobaqalarini o'tkazuvchi Xalqaro federaciya tomonidan ishlab chiqiladi. Ushbu saralash tartibi Xalqaro Olimpiya qo'mitasining Ijroiya qo'mitasiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

Har bir sport turi bo'yicha saralash mezonlari aks ettirilgan principlar ishlab chiqiladi va unda ajratilgan kvota o'rinlari, atletga (yoshi, tibbiy holati va boshqa) talablar, saralash tartibi (musobaqalarda saralash o'rinlarining ajratilishi, taxminiy (yoki aniq) bo'lib o'tish vaqti, musobaqalarda ishtirok etish talab va mezonlar) mezbon davlat uchun ajratilgan o'rinlar, uch tomonlama komissiyaning taklifiga asosan ajratiladigan o'rinlar va yo'llanmalarni tasdiqlash, Olimpiya o'yinlari saralash davri kabi boshqa malumotlar taqdim etiladi.

Demak, yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, yozgi Olimpiya o'yinlarida sportchi ishtirok etishi uchun uch yo'l mavjud bular:
saralash musobaqalarda ishtirok etish (va yo'llanmani qo'lga kiritish);
mezbon davlat sportchisi sifatida ishtirok etish;
uch tomonlama komissiya taklifiga asosan ishtirok etish.

Bazi bir sport turlarida atletlar Olimpiya o'yinlariga yirik xalqaro musobaqalarda egallagan o'rni orqali yo'llanma olsa, bazi bir sport turlarida mazkur sport bo'yicha xalqaro reyting natijalari orqali ishtirokchilar saralab olinadi. Agar Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan sportchilar soni ajratilgan kvotalar miqdoridan oshib ketsa, Milliy Olimpiya qo'mitasi davlat nomidan ishtirok etuvchi sportchilarni tanlaydi.

Reyting musobaqalarda beriladigan ochkolar ham ushbu musobaqani nufuzidan kelib chiqqan holda beriladi. Masalan, dzyudo sport turida mintaqaviy ochiq musobaqa, Gran-pri, qitaviy chempionat, o'smirlar Jahon chempionati, Katta dubulg'a, Masters turnirlari va jahon chempionati kabi nufuzli musobaqalarda erishilgan natijaga qarab ochkolar belgilansa, taekvondo WT sport turida musobaqalarga G1, G2, G4, G8, G12, G20 kabi toifa beriladi va natijalardan kelib chiqqan holda mos ravishda reyting ballari taqsimlanadi.

Musobaqalarni toifalarga ajratish bo'yicha holat og'ir atletika sport turida ham kuzatiladi. Olimpiya o'yinlari uchun yo'llanma beruvchi musobaqalar oltin, kumush, bronza darajalardagi turnirlarga toifalanadilar va o'z darajasidan kelib chiqqan holda ularda egallanishi mumkini bo'lgan reyting ballari ham xuddi shu tartibda bo'ladi. SHuningdek, ushbu sport turida Olimpiya o'yinlariga saralash bo'yicha boshqa sport turlarida uchramaydigan talab qo'yilgan bo'lib, har bir MOQ uchun ajratilgan kvalifikaciya o'rinlari malum davlat sportchilari(trenerlar) tomonidan antidoping qoidalarini buzilish sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Yana bir qiziq holat, Olimpiya o'yinlariga saralash tizimi ko'plab sport turlarida shunday tashkillashtirilganki, reyting orqali yo'llanma olmagan sportchi saralash musobaqasi orqali ham licenziya olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu o'z-o'zidan sportchilarni to'xtab qolmaslikka undaydi.

Yurtimizda ham so'nggi yillarda ko'plab sport turlari bo'yicha Olimpiya o'yinlariga saralash yoki reyting ballarini taqdim etuvchi musobaqalar o'tkazib kelinmoqda. Dzyudo bo'yicha har yili kuz faslida bo'lib o'tuvchi Toshkent Gran-Prisi, badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogi bosqichi kabi musobaqalar ananaga aylangan bo'lsa, karate bo'yicha Osiyo chempionati, og'ir atletika bo'yicha o'tkazilgan Xalqaro birdamlik musobaqasi va o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati musobaqalari 2019-2020 yillarda tashkillashtirildi.

Afsuski, 2020 yil koronavirus pandemiyasi sababli bir necha saralash musobaqalari qoldirildi yoki bekor qilindi. Tokio 2020 yozgi Olimpiya o'yinlari esa 2021 yilda bo'lib o'tishi belgilangandan so'ng saralash tizimlari, xususan Olimpiya o'yinlariga saralash davri, saralash musobaqalari bo'lib o'tish vaqti, ruxsat etilgan yosh chegarasi, saralash tizimlariga o'zgartirishlar kiritildi. Bugungi kunga kelib, faqatgina velosiped sporti (shosse, trek), ot sporti, chim ustida xokkey va softbol bo'yicha barcha kvotalar tarqatilgan bo'lib, yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish uchun ajratilgan kvotalarning 57% i o'z egalarini topgan.

Xulosa qilib aytganda, Olimpiya sport turlari bo'yicha milliy terma jamoalarimiz sportchilarining yo'llanmalarni qo'lga kiritish bo'yicha hali ko'plab imkoniyatlari bor va ularga bugungi kun sharoitidan kelib chiqqan holda yaratilgan imkoniyatlardan to'liq foydalanishlarini, mashg'ulotlarda jiddiy shug'ullanib borishlarini istab qolamiz va rejalashtirilgan barcha yo'llanmalarni qo'lga kiritishlarida omad tilaymiz.

Olimpiya sport turlari faoliyatini koordinaciya qilish departamenti
H.Toshmatov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing