11 dek 13:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Oliveyra Fergyusonning gaplariga javob berdi
Braziliyalik UFC jangchisi CHarlz Oliveyra Toni Fergyusonning vazn tashlash borasidagi tahdidlariga javob berdi.
Oldinroq Fergyuson Oliveyrani vazn tashlay olmasligiga shama qilib, agar u buni uddalay olmasa jang bekor qilinishi bilan tahdid qilgan edi.
"Toniga etkazib qo'yinglar. Men o'zimning vazifamni bajaraman. Bizning jamoaning ishlariga qayg'urishi shart emas. O'zining vazn tashlash jarayoni bilan shug'ullanaqolsin.
Men ajoyib lager o'tadim. Dietologlar va murabbiylar o'z ishlariga masuliyat bilan yondashishdi. Bizda hammasi yaxshi. O'ylaymanki Tonida ham. Bazida kimgadir yomonlikni tilasak bu o'zimizga qaytib keladi", -dedi CHarlz Oliveyra.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar