29 may 17:01
Yangiliklar

Oliveyra: "Kamarimni o'g'irlashganini barcha biladi"
Bu jang 2022 yil may oyida bo'lib o'tgan edi. Oliveyra jangga chempion sifatida chiqqandi, lekin vazn meyoridan oshib ketgani bois kamaridan mahrum etilgandi. Ko'plab jangchilar o'shanda UFC’dagi vazn o'lchash tizimida muammolar bo'lganini takidlashgan.
"Hamma yaxshi biladi: mendan kamarni o'g'irlashgan. Sizlar 200 gramm sabab deb o'ylayapsizlarmi? Hech qanday ortiqcha vazn yo'q edi. Men payshanba kuni vazn tashlab bo'lgan edim — hammasi yaxshi edi. Lekin uning murabbiyi doim men bilan birga yurardi — go'yo komissiya azosidek. Bunday holat boshqa hech qaerda yuz bermaydi.
Men hech narsa qila olmadim. Bu jang Jastinning shahrida, uning komissiyasi, uning odamlari bilan bo'ldi. Ular unga kamarni berishni xohlashdi, lekin ochiqchasiga bera olmasdi. SHu bois mening ruhimni tushirishga urinishdi. Bu haqiqat. Qasam ichaman: o'sha kuni men vaznni tashlagan edim", — dedi sobiq chempion CHarlz Oliveyra.
Fikrlar