25 avg 10:35
Yangiliklar

Oliveyra nima sababdan Islam bilan jangga rozi bo'lganini ochiqladi
Vazn qila olmagani sabab chempionlik kamaridan mahrum bo'lgan CHarlz Oliveyra nima uchun Islam Maxachev bilan jangga rozilik berganiga izoh berdi. Braziliyalikning aytishicha, Maxachev ustidan qozonilajak g'alaba unga Konor Makgregorga qarshi oktagonga chiqish eshiklarini ochadi.
"Menga bu scenariy yoqyapti. Bu ideal holat. Biz Makgregor bilan Braziliyada jang tashkil qilib berishlarini so'ragan edik. O'ylaymanki, bu jang hali amalga oshadi. Ishonchim komil, bu jang kelasi yili bo'lib o'tadi. Aynan Konorga qarshi jang sabab Maxachev bilan "qafas"da uchrashishga rozilik berdim. G'alabalarim qanchalik ko'p bo'lsa, Konorga qarshi jang o'tkazishim shunchalik tezlashadi", - deya ESPN telekanaliga intervyu bergan Oliveyra.
Malumot uchun, 2023 yilning 21 yanvar kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida UFC 283 turniri bo'lib o'tadi. Oliveyra aynan shu turnirda Konor Makgregor bilan jang qilmoqchi.
Fikrlar