20 avg 10:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Oliveyra: "UFC menga Maxachev bilan jangni Xabibni qaytarish uchun berdi"
Braziliyalik UFC jangchisi, engil vaznning sobiq chempioni CHarlz Oliveyra reytingning 3-raqamli jangchisi Islam Maxachev bilan bo'lajak jang haqida gapirdi.
"To'g'risini aytsam, Xabib qaytadi, deb o'ylamayman. Lekin taxminimcha, UFC Maxachev bilan jangni menga Xabib Nurmagomedovni oktagonga qaytarishga urinib ko'rish uchun berdi", - deya takidladi Oliveyra Flow Podcast nashriga bergan intervyusida.
Malumot o'rnida, Islam Maxachev va CHarlz Oliveyra o'rtasidagi jang 22 oktyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadi.
Avvalroq, Islam Maxachev CHarlz Oliveyra haqida tanqidiy fikr bildirgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar