29 sen 18:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Oliveyra vada berdi
UFCning engil vazni toifasidagi sobiq jahon chempioni CHarlz Oliveyra promoushenning amaldagi chempioni Islam Maxachev bilan jangi haqida fikr bildirdi.
Jang 21 oktyabr kuni UFC 294 doirasida tashkillashtiriladi. Oliveyradan revansh jangi yana Abu-Dabida tashkillashtirilayotgani adolatli bo'lyaptimi deb so'rashdi.
"Barchasi adolatli bo'lyaptimi deb o'ylab o'tirishga vaqt yo'q. O'yinning qoidalari shunday. SHunday narsalar chempionni aniqlaydi. Qaerda bo'lishidan qatiy nazar kamarimni qaytarib olaman", - dedi Oliveyra.
Maxachev - Oliveyra o'rtasidagi ilk jang o'tgan yilning 22 oktyabr kunida o'tkazilgan va unda Islamning g'alabasi kuzatilgandi. SHu natijadan keyin u Dana Uayt promousheni tituli egasiga aylangandi.
Havola :
Manba : James Lynch
Fikrlar