06 sen 18:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Oliveyra Xabib va Makgregor bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi
CHarlz Oliveyra har qanday vaqtda Konor Makgregor bilan jang qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
Braziliyalik sportchining fikricha, Konor bilan jang unga moliyaviy tomonlama foydali bo'ladi. Oliveyra shuningdek, Xabib Nurmagomedov haqida ham shunday fikrda.
"Hamma Konorning allaqachon mag'lubiyatga duchor bo'lganini aytyapti. Yaxshi, lekin u mening hisob raqamimga qancha pul keltiradi? SHunday ekan, men Konor bilan har qanday vaqtda jang qilgan bo'lar edim, chunki buning moliyaviy tomonlama foydali ekanini hamma biladi. Xabib qaytgan taqdirda, u bilan jang uchun qancha pul beriladi? Qancha pulli translyaciyalar sotiladi?", - deya Oliveyraning so'zlarini keltiradi Sportskeeda nashri.
CHarlz Oliveyraning navbatdagi jangi 22 oktyabr kuni rossiyalik Islam Maxachevga qarshi bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar