22 iyu 08:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Oliveyra yanvar oyida Braziliyada Volkanovskiga qarshi jang o'tkazmoqchi
Braziliyalik UFC chempioni CHarlz Oliveyra yanvar oyida yarimengil vazn toifasi chempioni Aleks Volkanovski bilan jang o'tkazishini aytdi.
"Albatta, hozir bor etiborimni Islam Maxachev bilan jangga qaratganman. Xudo menga jarohatlarsiz g'alabani nasib qilsa, yanvar oyida Braziliyada Aleks Volkanovski bilan jang qilmoqchiman. Aleks ajoyib jangchi va men uni juda hurmat qilaman”, - deydi Oliveyra.
Eslatib o'tamiz, Oliveyra va Maxachev o'rtasidagi chempionlik jangi 22 oktyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadi. Vakant bo'lib turgan engil vazn kamari uchun kechadigan bahs UFC 280 kechasining markaziy to'qnashuvi bo'ladi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar