18 may 16:58
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/219082_220.jpg)
"Oliveyraga qarshi jangda Maxachev favorit bo'lishiga ishonchim komil emas"
Sobiq UFC jangchisi CHeyl Sonnen rossiyalik Islam Maxachev va braziliyalik CHarlz Oliveyra o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Agar Islam bunday imkoniyatga ega bo'lsa va Oliveyra bilan chempionlik jangida to'qnash kelsa, bu jang uchun koefficientlarni ko'rishga juda qiziqardim. Misol uchun, bir necha hafta oldin men sizga hech qanday ikkilanishsiz Islamni ustun deb aytgan bo'lardim. Islam albatta favorit edi.
Lekin, hozir uning favorit ekanligiga ishonchim komil emas. Oliveyraning so'nggi jangda o'zini ko'rsatganidan keyin fikrim o'zgardi. Taxminlar jangning o'ziga tasir qilmasligi aniq. Ammo, endi bu jangni butunlay boshqacha darajada kutamiz", - dedi CHeyl Sonnen o'zining Youtube kanalida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar