So’nggi yangiliklar

11:43Тахмина Икромова Жаҳон чемпионатида тўртинчи бўлди 0 11:22Муроджон Аҳмадалиев Японияга етиб борди (ФОТО) 0 11:01"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди 0 10:40Мадримов учун имкон: Кроуфорд чемпионлик камарини вакант қолдиради 0 10:19Фомин Хитойдаги Челленжер турнирида ўз омадини синаб кўради 0 09:58Махачев Топурия — Царукян жанги ташкил этилиши кераклигини айтди 0 09:37Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади 0 09:16Пара каноэчиларимиз Жаҳон чемпионатини иккита медал билан якунлашди 0 08:55"Ҳаммаси шундан" — Махачев АҚШ MMAси инқирози нима билан боғлиқлигини тушунтирди 0 08:34Нодирбек Якуббоев 61th Rubinstein Memorial чемпиони! 0 08:13"Реал" меҳмонда "Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди 0 07:52Шавкат Раҳмоновнинг режалари очиқланди 0 07:31Гандболчиларимиз учинчи ўйинда илк жиддий синовдан ўтишди 0 19:37Чирчиқда Ўзбек жанг санъати бўйича мамлакат Кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:16Бруно Фернандеш "Ал-Иттиҳод" билан яширин учрашув ўтказди. Футболчи яхшигина пул талаб қилган 0

08 okt 14:24
Yangiliklar

Boks/MMA

Oliveyraning murabbiyi Maxachevga qarshi jang nechanchi raundda tugashini aytdi

CHarlz Oliveyraning murabbiyi Alireza Noe Islam Maxachevning kurashi Xabib Nurmagomedovnikidan yaxshiroq ekanini takidladi.

"Rus kurashi Amerikanikidan farq qiladi. Lekin, hammasini allaqachon bilaman. Islam dog'istonlik jangchi, uning zaif tomonlarini allaqachon bilib olganman.

Uning uslubi kurash, bu borada u Xabibdan yaxshiroq. Xabib ko'proq sambo va dzyudoni namoyish etgan. Maxachevning uslubi ko'proq jangga o'xshaydi va u g'alaba qozonish uchun CHarlzni parterda ushlab turishga harakat qiladi. Uning jiu-jitsusi yaxshi. Ammo, bu Oliveyraga qiziq emas.

Biz to'rt yildan beri birga ishlayapmiz va CHarlz juda o'zgargan. U bilan sparring o'tkazish qiyin. 26 yildan beri kurash bilan shug'ullanaman, chempionatda g'olib bo'lganman. Lekin, u bilan kurashish qiyin, chunki u tez moslashadi va juda aqlli.

Agar CHarlz eronlik yoki rossiyalik bo'lganida kurash bo'yicha jahon chempioni bo'lardi. Uning tanasi jang qilish uchun juda mos keladi.

O'ylaymanki, Maxachev Oliveyrani yiqita olmaydi. Agar CHarlz uni yiqitsa, taslim bo'lishga majbur qiladi.

Ko'pchilik kurashchilar raqib tagiga tushganda kuchsiz bo'lib, o'rnidan turishga harakat qiladi va CHarlz bundan foydalanadi. Jang uchinchi raundda yakunlanadi. Oliveyra uni taslim bo'lishiga majbur qiladi yoki nokautga uchratadi", - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi Sportskeeda.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing