So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

02 iyu 12:45
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash, Boshqalar

Olmaliq shahrida milliy kurash targ'ibotiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi

Teglar :  Kurash
Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida "O'zbek kurashi jahon maydonida" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda partiya masullari, “Yoshlar qanoti” faollari, Olmaliq shahar hokimligi mutasaddilari va yoshlar ishtirok etdi. 

“O'zbek kurashi – jasorat va halollik timsolidir” loyihasi doirasida o'tkazilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida etibor, joylarda barpo etilayotgan zamonaviy stadion va muhtasham sport inshootlari oilada, mahallada va butun jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini qaror toptirishda yuksak samaralar berayotgani takidlandi. 

– Milliy kurashimizning bir qator turlari bilan muntazam shug'ullanayotgan yoshlarimiz turli nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda, – deydi Olmaliq shahar bolalar va o'smirlar sport maktabi direktori Feruza SHodieva. – Bu borada maktabimiz sport majmuasida yaratilgan sharoitlar muhim omil bo'lmoqda. 

Tadbir davomida hududda milliy sport o'yinlari bo'yicha turli musobaqa va tadbirlar tashkil etish, kurashga qiziquvchi yoshlar uchun mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing