30 jan 11:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Olovli janglar! Mangu 1 turnirining to'liq kardi elon qilindi
7 fevral kuni Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida MMA bo'yicha Mangu 1 turniri tashkil etiladi.
Tashkilotchilar musobaqaning to'liq kardini elon qilishdi.
Markaziy jangda yarim o'rta vazn toifasida UAE Warriors Ligasining o'zbekistonlik chempioni Xotambek Boynazarov rossiyalik Magomed Xabib Ramazanov bilan to'qnash keladi.
Ikkinchi asosiy jang esa UFC'da faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Ramazon Temirov va qozog'istonlik UFC sobiq jangchisi Azat Maksum o'rtasida kechadi. Jang Braziliya jiu-jitsusi qoidalari asosida kechadi.
Bundan tashqari, turnir doirasida Amirxon Alixo'jaev, Furqatbek Yoqubov, Muhiddin Mamajonov kabi taniqli sportchilarimiz ishtirok etadi.
Mangu 1 turnirining to'liq kardi quyidagicha:

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar