09 sen 19:11
Yangiliklar
Olti nafar dzyudochimiz MDH o'yinlari chempionligi uchun tatamiga chiqadi
O'zbekistonlik dzyudochilardan 6 nafari MDH o'yinlari chempionligi uchun tatamiga chiqadi. Uch nafardan o'g'il bolalar va qizlarda musobaqaning oltin medalini qo'lga kiritish imkoniyati bor. Dzyudochilarimizning barcha raqiblari rossiyalik sportchilar bo'lishadi.
Terma jamoamiz azolaridan Farangiz Rejepova (-63 kg), Dilshodbek Yo'ldoshev (-66 kg), Farangiz Xolmurodova (-70 kg), Suhrob Rajabov (-100 kg) bronza medali sohibiga aylanishdi.
Final juftliklari:
Qizlar
-48 kg: Xalimajon Qurbonova - Alina Sergeeva (Rossiya)
-57 kg: SHukurjon Aminova - Vita Maydanik (Rossiya)
-63 kg: Farangiz Hojieva - Dali Liluashvili (Rossiya)
O'g'il bolalar
-81 kg: Nurbek Murtozoev - Egor Suxaparov (Rossiya)
-100 kg: Muzaffarbek To'raboev - Lev Sarkisyan (Rossiya)
+100 kg: SHohruhxon Baxtiyorov - Valeriy Endovickiy (Rossiya)
Fikrlar