12 okt 14:41
Yangiliklar
Taekvondo
Olti nafar taekvondochimiz Bolgariyadagi Gran-prida ishtirok etadi
18-20 oktyabr kunlari Bolgariyada taekvondo bo'yicha Sofiya-2019 Jahon Gran-prisi bo'lib o'tadi.
Ushbu nufuzli musobaqada o'zbekistonlik olti nafar taekvondochi ishtirok etadi. Bu gran-pri orqali Tokio olimpiadasi uchun qimmatli bo'lgan reyting ochkolarni ishlab olish imkoniyati mavjud.
Sofiya-2019 gran-prisida ishtirok etadigan sportchilarimiz:
-80 kg Nikita Rafalovich
+87 kg Dmitriy SHokin
-49 kg Madinabonu Mannopova
-53 kg CHaros Qayumova
-67 kg Nigora Tursunqulova
+67 kg Svetlana Osipova
Sofiya-2019 gran-prisida kim qancha reyting ochko ishlab oladi:
1-o'rin - 40
2-o'rin - 24
3-o'rin - 14,4
5-o'rin - 8,64
9-o'rin - 6,05
17-o'rin - 4,23
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar