22 apr 19:48
Yangiliklar
Dzyudo
Oltiboev Osiyo chempionatini 5-o'rinda yakunladi
BAAning Fujayra shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo'yicha yilning nufuzli musobaqasi - Osiyo/Okeaniya chempionati yakunlandi.
+100 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Bekmurod Oltiboev Hurramov singari Osiyo chempionatining bronza medalini qo'lga kirita olmadi. Bekmurod bronza medali uchun kechgan bellashuvda koreyalik dzyudochi Min Jong Kimga imkoniyatni boy berdi va musobaqani 5-o'rinda yakunladi.
Eslatib o'tamiz, u bahraynlik Azamat CHotchaev, qirg'izistonlik Bekbolot Toktogonovni taslim etgan va yarim finalda boshqa bir koreyalik dzyudochi Sang Min Kimga yutqazib qo'ygan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar