So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

18 apr 15:13
Yangiliklar

Sport kurashlari

"Oltin hushtak" sohibi: Masofadan ishlayapmiz

Koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan hozirgi karantin holatida davlat va nodavlat jamoat tashkilotlari, turli muassasalar o'z ish faoliyatlarini masofaviy tarzda olib boryapti.

Xususan, O'zbekiston sport kurashlari associaciyasida ham rahbariyat, xodimlar, murabbiylar faoliyati masofadan turib davom ettirilyapti. Telegram ijtimoiy tarmog'ida maxsus kanal ochilgan bo'lib, u erda doimiy axborot, malumot almashish yo'lga qo'yilgan. Murabbiylar sportchilarimizning karantin davridagi holati, ularning sog'liqlari haqida kunlik malumotlarga ega bo'lib borishyapti. Har bir kurashchi kuniga ikki mahal (ertalab va kechqurun)dan tana harorati haqidagi malumotni taqdim etadi.

"Kunlik mashg'ulotlardan tashqari, karantin davrida bo'sh vaqt ko'p bo'lishini inobatga olgan holda assoaciciya mutasaddilari o'ziga xos chellenjni yo'lga qo'yishgan. Ushbu chellenj "otjimanie"dan boshlangan edi. Kechadan "salto" bilan davom ettirilyapti. Sportchilar, murabbiylar estafeta tarzida bir-birlariga chaqiruv elon qilishyapti. Bu jarayon ham o'z o'rnida bo'sh vaqtni mazmunli o'tkazish uchun xizmat qiladi. SHuningdek, karantin davrida oila azolarimiz uchun ham har qachongidan-da ko'proq vaqt ajratyapmiz, farzandlarimiz bilan birga mashg'ulot o'tkazyapmiz, nabiralar bilan dars tayyorlayapmiz. SHaxsan o'zimga kelsak, Olimpiada va jahon chempionatlaridagi bellashuvlarni qaytadan ko'rib, hakamlik tomoniga etibor qaratyapman. Xorijdagi hamkasblarimiz bilan doimiy ravishda muloqot qilib, fikr almashib turibmiz, - deydi O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi hakamlar qo'mitasi raisi, xalqaro toifadagi olimpiya hakami, "Oltin hushtak" sohibi Tohir G'ulomov. 

Umid qilamizki, hukumatimiz talab etayotgan majburiyatlarga to'liq rioya qilsak, koronavirus pandemiyasini engish oson hamda tezroq amalga oshadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing