So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

07 apr 16:56
Yangiliklar

Sport kurashlari

Oltin medalidan mahrum qilingan Artur Taymazov muxlislarga murojaat qildi

Sportchi Feysbukdagi sahifasi orqali muxlislariga murojatini yozib qoldirdi. Etiboringizga Taymazovning ushbu postini tarjima qilgan holda taqdim etamiz.


"Bolaligimdan Olimpiada chempioni bo'lishni orzu qilardim. Men buning uchun butun umrimni bag'ishlaganman, sog'lig'imni "gilamga bag'ishlaganman". O'z medallarimni doimo halol kurash orqali yutib olganman. Hech qachon taqiqlangan moddalar istemol qilmaganman. 16 yil mobaynida juda ko'p marotaba doping-proba topshirganman va ulardan xech qaysisi ijobiy natija bermagan.

Sen chempion bo'lib, o'z millatingni zarhal harflar bilan tarixga yozdirib qo'yar ekansan, barchaning etiborida bo'lasan. Xato qilishga, nojo'ya harakatlar qilishga xaqqing yo'q bo'ladi.

Men o'zim uchun, menga ishonganlar uchun, mehnatlarimni ko'rganlar uchun uch karra Olimpiada chempioni bo'lib qolaveraman. Oilam, yaqinlarim doimo menga kuch berib turishgan va bu narsa menga olg'a intilishda yordam bergan. Uchinchi oltin medalimni qo'lga kiritish oldidan men uchun Osetiya ham duoda bo'lgan. SHu sababdan ham men muvaffaqiyatlarga erisha olganman.

Xalqaro Olimpiya qo'mitasining qaroriga etirozimni bildirmoqchiman.

Meni qo'llab-quvvatlagan va meni "toza" ekanligimga ishongan barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman", - deb xabar qoldirgan sportchi Feysbukdagi sahifasida.

Reyting: +3   

Fikrlar

   
08 apr 11:36:24
Абдуазиз
Сен дунёда биринчи ўриндасан
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing