So’nggi yangiliklar

12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0 09:36Месси, Мбаппе, Ямаль, Родри, Беллингем FIFPro йил рамзий терма жамоасидан жой олди, Кейн ва Роналду эса йўқ! 0 09:05ATP рейтинги янгиланди. Биринчи ракеткамиз 40 поғонага пастлади. Рейтингда янги ўзбек! 0 08:34Даниил Ейбог жорий мавсум нима учун халқаро мусобақаларда иштирок этмаётганини очиқлади 0 08:03WTA рейтинги янгиланди. Теннис маликаларимиздан бири 25 поғона юқорилади. Қолганларичи? 0 07:32Кубарси Европада йилнинг энг яхши ёш футболчисига бериладиган Golden Boy совринини қўлга киритди 0 07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0

09 sen 18:45
Yangiliklar

Futbol

"Oltin to'p" o'z manosini yo'qotgan" - Samyuel Umtit

"Barselona"ning sobiq himoyachisi Samyuel Umtiti "Oltin to'p" haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Kecha France Football jurnali yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga 30 nafar nomzod nomini elon qildi. Avvalroq "Real" hujumchisi Kilian Mbappe ushbu mukofotni o'ziga bergan bo'lardi, deb aytgandi.

"U [Kilian Mbappe] — o'ziga ishongan inson. Unga bu haqda gapirmasligi kerak edi, u faqat maydonda sodir bo'layotgan voqealarga etibor qaratishi lozim edi, deyish mumkin. Hamma uning ko'p gol urganini, ayrim paytlarda yaxshi o'yin ko'rsatganini ko'rdi, ammo undan: "Senimcha, "Oltin to'p"ni kim yutadi?" deb so'ralsa, u o'z ismini aytadi. Bu kimgadir yoqadimi yoki yo'q. Men, misol uchun, bunga qo'shila olmayman. Hujumchilar "Oltin to'p"ni yaxshi ko'rishadi, lekin bu mukofot aynan unga nasib etishi shart emasligi men uchun aniq.

Ro'yxatga Kinones ham kiritildi, lekin u jahon chempionatida nima qildi (Meksika terma jamoasi safida to'rtta gol urdi)? Buni ko'rganimda, hazil deb o'yladim. Jiddiy aytyapman, hatto bu marosimni ham tomosha qilmayman.

Hujumchilar uchun "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish – bu aql bovar qilmas holat. Bu marosim har qanday manosini yo'qotgan, u juda jamoaviy sport turi bo'lgan futbolga katta zarar etkazmoqda. Odamlar jamoaviy mukofotlardan ko'ra "Oltin to'p"ni yutib olish haqida ko'proq o'ylashmoqda.

Jamoasi bilan CHempionlar ligasini yutib olishingiz mumkin, lekin faqat o'zingiz haqida o'ylaysiz. Biz yana statistika haqida gapira boshladik, bu esa etarli emas. Futbol – bu faqatgina statistika emas.

Messi va Ronaldu davridan keyin men hatto bu sovrinning topshirilishini ham ko'rmayapman. Ularda aql bovar qilmaydigan statistika bor edi va agar ular yirik sovrinni qo'lga kiritishmasa ham, bu unchalik muhim emasdi, chunki ular mavsumni ajoyib tarzda o'tkazishardi. Endi esa biror ko'zga ko'ringan o'yinchini ajratib ko'rsatish shart emas", – dedi Umtiti.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing