07 jan 07:22
Yangiliklar
O'Melli Meyvezer haqida: "U kuniga uch-to'rt martadan mashg'ulot o'tkazgan"
Eng engil vazn (- 53,5 kg)da amerikalik UFC jangchisi, reyting peshqadami bo'lib turgan SHon O'Melli (16-1-1) hamyurti, afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer (50-0)dan hayratda ekanini yashirmadi.
"Men Floydning ko'plab videolarini tomosha qildim. U kuniga uch-to'rt marta mashg'ulot o'tkazgan ekan, vaholanki, bir soat davomida "meshok" urishi ham mumkin ekan. 50:0 hisobida rekord o'rnatish va mag'lubiyatsiz ketish juda yoqimli. Bu ilhomlantiradi.
Men 50:0 qilishga harakat qilyapman, hammasi uning ish uslubi bo'yicha. SHularsiz siz Floyd Meyvezer bo'la olmaysiz. Siz doimo yugurishingiz, "meshok" va lapalar bilan ishlashingiz kerak. Ammo u mashg'ulot o'tkazmaganida, yonida faqat qizlar bo'lardi. Bu "balans" deyiladi", - deydi O'Melli.
SHon O'Melli so'nggi bor 2022 yil 22 oktyabr kuni Abu-Dabi (BAA)da tashkil etilgan UFC 280 turniri doirasida rossiyalik Petr Yan (16-4)ga qarshi oktagonga ko'tarilib, hakamlar qarori bilan g'alaba qozongan edi.
Fikrlar