27 noy 08:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Omelyanchukni nokaut qilgan Jonson chempionlik kamariga ega chiqdi
Polshada aralash yakkakurash qoidalari bo'yicha Absolute Championship Akhmat turniri bo'lib o'tdi.
ASA 114 oqshomining markaziy bahsida sobiq UFC jangchisi Daniel Omelyanchuk amerikalik Toni Jonsonga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang og'ir vazndagi chempionlik kamari uchun kechdi.
Besh raundga mo'ljallangan jang muddatidan avval yakunlandi. Jonson birinchi raundning o'zida raqibini nokautga uchratib, og'ir vazn chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, Daniel Omelyanchuk hisobida 24 g'alaba va 10 mag'lubiyat bor. Polshalikning 4 ta jangdan iborat g'alabali seriyasi yakun topdi. Toni Jonson esa o'zining 14-g'alabasini tantana qildi. Mag'lubiyatlari soni esa - 5 ta.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar