06 apr 14:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Opetayaning jangi jarohat tufayli qoldirildi
Og'ir vazn toifasida avstraliyalik IBF chempioni Jey Opetaya (27-0, 21 KO) va italiyalik Klaudio Skeo (17-0, 9 KO) o'rtasidagi jang 13 may kuni o'tkazilmaydi.
Bahs Opetayaning kichik jarohati tufayli qoldirildi.
Boks oqshomi 8 iyun kuni Avstraliyaning Gold Kost shahrida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tish joiz, Opetaya so'nggi jangini yanvar oyida Devid Nikaga qarshi o'tkazib, nokaut evaziga g'olib bo'lgandi.
Skeo esa o'tgan yilning oktyabr oyida Orlando de Xesus Estrada ustidan g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : Ring Magazine
Fikrlar