07 jan 18:22
Yangiliklar
Opetayya faqat birgina holatda Usik bilan jang qilishi mumkin
Faqat buning uchun, u avvalo ertaga o'z kamarini himoya qilishi, keyin esa vazn toifasidagi qolgan kamarlarni qo'lga kiritib, mutlaq chempion bo'lishi kerak.
Bu haqida uning promouteri Eddi Xirn aytib o'tdi.
"Har bir bokschi o'z vazn toifasida kamarlarni birlashtirishni istaydi. Jeyga hozir shu narsa etishmayapti. Al Ash-SHayh bilan gaplashganimizda, kamarlarni birlashtirish muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida so'z bordi.
U Ramiresni mag'lub etishi, keyin WBC kamarini qo'lga kiritishi va shundan so'ng superog'ir vazn toifasiga ko'tarilishi kerak.
U vaznini ko'targanidan so'ng Usikka qarshi jang o'tkazilishi mumkin. Bu katta to'qnashuv bo'ladi. Ammo Usikdek raqib qarshingda turganda sen o'zingga reputaciya va qadriyat yaratib olishing kerak. Usikka o'z kuchini sinab ko'rishni istaydigan bokschilar kerak emas. Usikka katta pul kerak va bu katta to'qnashuv ekanligini tushunadi", - dedi Xirn.
Fikrlar