19 apr 12:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Orlovskiy Jorj Sen-Per va Jon Jonsni quvib etdi
Og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Andrey Orlovskiy g'alabalar soni bo'yicha liganing sobiq chempionlari hamda yulduzlari Jorj Sen-Per va Jon Jonsga etib oldi.
Belaruslik jangchining hisobidagi g'alabalari soni 20 taga etdi. U kuni kecha UFC Vegas 24 turniri doirasida amerikalik CHeyz SHermanni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi.
Takidlash joiz, 42 yoshli Orlovskiy jangga 10 kun qolganida oktagonga chiqishga rozilik bergandi. Aniqrog'i, Andrey amerikalik Parker Porterni almashtirgandi.
Malumot uchun, Andrey Orlovskiy MMAdagi debyutini 2000 yilda nishonlagan. O'tgan 21 yil davomida 31 g'alaba va 20 mag'lubiyat qayd etgan. Yana ikkita jang o'tkazilmagan deb topilgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar