23 noy 17:43
Yangiliklar
Osaka “Katta Dubulg'a”. Bronza uchun bahsda yutqazgan Rasulov 360 reyting ochkosiga ega bo'ldi
Bugungi bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilgan yagona vakilimiz Kamoliddin Rasulov 5-o'rinni egallagani holda Tokio-2020 Olimpiadasiga qimmatli 360 reyting ochkosiga ham ega bo'ldi.
Ketma-ket uchta bahsda g'alabaga erishgan yurtdoshimiz chorak final bellashuvida tatami egasi, yaponiyalik kuchli polvon Hikaru Tomokioga yutqazib qo'ydi. -81 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz o'tish bahsida rossiyalik Abas Azizovdan ustun keldi. Ammo, bronza medali uchun kechgan uchrashuvda yana bir rus dzyudochisi Turpal Tepkaevga imkoniyatni boy berdi.
Ushbu vazn toifasida yarim finalga bir yo'la uch nafar yaponiyalik dzyudochi etib kelgan bo'lsa, yakunda Takanori Nagase oltin medalni qo'lga kiritdi. U finalda vatandoshi Sotaro Fujivarani engishga muvaffaq bo'ldi.
Fikrlar