23 noy 11:00
Yangiliklar
Dzyudo
Osaka “Katta Dubulg'a”. Kamoliddin bronza uchun kurashadi
Yaponiyaning Osaka shahrida “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning ikkinchi kungi bahslari bo'lib o'tmoqda.
Bugungi bellashuvlarda yurtimiz sharafini Kamoliddin Rasulov himoya qilyapti. Ketma-ket uchta bahsda g'alabaga erishgan yurtdoshimiz bundan bir necha daqiqa avval chorak final bellashuvida tatamiga egasi, yaponiyalik kuchli polvon Hikaru Tomokioga yutqazib qo'ydi.
Endi -81 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz bronza medali uchun kurashadi. Bu yo'lda uning ilk raqibi rossiyalik Abas Azizov bo'ladi. Rasulov g'alaba qozongan taqdirda kechki dasturda bronza medali uchun tatamiga chiqadi. Bu borada unga g'alaba hamda omad tilab qolamiz.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar