22 noy 09:03
Yangiliklar
Dzyudo
Osaka “Katta Dubulg'a” turniri. Bugun Kemran va Diyoraga muxlislik qilamiz
Bugun Yaponiyaning Osaka shahrida “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi nufuzli turnir start oladi.
Dunyoning 5 qitasi, 94 davlatidan jami 534 (307 erkak, 227 ayol) nafar dzyudochi musobaqa medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishadi. Osaka tatamilarida yurtimiz sharafini 7 nafar dzyudochimiz himoya qiladi.
Bugun ayollar o'rtasida -48, -52 -57 kg, erkaklarda esa -60 hamda -66 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. Bugun hamyurtlarimizdan Kemran Nurullaev (-60 kg), Diyora Keldiyorova (-52 kg) o'z mahoratini namoyish etadi.
-60 kg: Kemran Nurullaev - Ariunbold Enxtayvan (Mo'g'uliston)/Soukfaksay Sizisan (Laos)
-52 kg: Diyora Keldiyorova - Sosorbaram Lxagvasuren (Mo'g'uliston)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar