22 noy 09:48
Yangiliklar
Osaka “Katta Dubulg'a” turniri. Kemran Nurillaev uchinchi bosqichda yutqazdi
Dunyoning 5 qitasi, 94 davlatidan jami 534 (307 erkak, 227 ayol) dzyudochi, ular orasida 7 nafar o'zbekistonlik sportchi musobaqa medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqmoqda.
Afsuski, -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Kemran Nurillaev uchinchi bosqich uchrashuvida mag'lubiyatga uchrab, turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Kemran o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichdan boshladi. U mo'g'ulistonlik taniqli polvon, shu yilgi Zagreb Gran-pri turniri sovrindori Ariunbold Enxtayvanni mag'lubiyatga uchratdi. Uchinchi davrada esa shu yilgi Ekaterinburg va Dyusseldorfda o'tkazilgan “Katta Dubulg'a” turnirlari sovrindori, gollandiyalik Tornike Ckadoeaga yutqazib qo'ydi.
Fikrlar