21 noy 17:58
Yangiliklar
Osaka "Katta Dubulg'a" turniriga qura tashlandi
22-24 noyabr kunlari o'tkaziladigan musobaqada dunyoning 5 ta qitasi, 94 davlatidan jami 534 (307 erkak, 227 ayol) nafar dzyudochi musobaqa medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishadi.
Bir necha daqiqa avval turnirga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Osaka tatamilarida yurtimiz sharafini 7 nafar dzyudochimiz himoya qiladi. Terma jamoa murabbiylari etakchi dzyudochilarimizning ayrimlariga dam berishni lozim topishgan.
Qura natijalari:
-60 kg: Kemran Nurullaev - Ariunbold Enxtayvan (Mo'g'uliston)/Soukfaksay Sizisan (Laos)
-81 kg: Kamoliddin Rasulov - Nikon Zaboroshich (Moldova)
-90 kg: Davlat Bobonov - Jon Jeyn (AQSH)/David Klammert (CHexiya)
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov - Kim Jae Yun (Janubiy Koreya)
+100 kg: Alisher Yusupov - Ruslan SHaxbazov (Rossiya)
Qizlar:
-52 kg: Diyora Keldiyorova - Sosorbaram Lxagvasuren (Mo'g'uliston)
-78 kg: Nodira Yo'ldosheva - Fanni Estelle Posvite (Franciya)
Fikrlar