18 noy 15:38
Yangiliklar
Osipova - taekvondo bo'yicha jahon chempioni bo'lgan o'zbekistonlik birinchi qiz!
Taekvondo bo'yicha jahon chempionatining ortda qolgan kuni o'zbek sporti tarixida yangi sahifa ochdi. Unda Svetlana Osipova +73 kg vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritib, dunyo birinchiligida g'alaba qozongan birinchi taekvondochi qizimizga aylandi.
Afsuski, Jasur Jaysunov (-74 kg) va Marat Mavlonov (+87 kg) medallar uchun kurashni erta tark etishdi.
Kunning barcha g'olib va sovrindorlari:
Erkaklar, -74 kg:
1. Daniel Kesada (Ispaniya)
2. Edival Pontes (Braziliya)
3. Firas Katussi (Tunis)
3. Stefan Takov (Serbiya)
+87 kg:
1. Karlos Sansores (Meksika)
2. Ivan Garsiya (Ispaniya)
3. Sajjad Mardani (Eron)
3. Song CHjaocian (Xitoy)
Ayollar, +73 kg:
1. Svetlana Osipova (O'zbekiston)
2. Dana Arzan (Isroil)
3. Lorena Brendl (Germaniya)
3. Marlen Yahl (Ispaniya)
Fikrlar