27 iyu 12:46
        Yangiliklar	
	
				
				    Sambo			    
				 
				
			 
				"Osiyo bolalari" musobaqasining ilk kuni 5 ta medal qo'lga kiritdik
Rossiya Federaciyasining Saxa Respublikasi Yakutsk shahrida o'tayotgan "Osiyo bolalari" o'yinlarining ilk kuni sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli o'tdi.
			Aniqrog'i, "Osiyo bolalari" xalqaro musobaqasining birinchi kunida sambo bo'yi o'tgan bellashuvlarda 6 nafar sambochimiz ishtirok etdi va ulardan 5 nafari medallarni qo'lga kiritdi.
Jumladan, Vazira Nurillaeva, Haydarbek O'roqboev o'z vazn toifalarida oltin medal bilan taqdirlangan bo'lsa, Kumushbibi Ergasheva, Sardor Yodgorov va Davlatjon Kozimov delegaciyamiz hisobiga 3 ta bronza medalini qo'shib qo'ydi.

SHu tariqa, O'zbekiston delegaciyasi hisobi 5 ta medal bilan to'ldi va musobaqaning ilk kuni yakunlariga ko'ra medal jamg'arishda birinchi pog'onaga ko'tarilib oldi.


            Havola            :         
                    Manba                : uza.uz
             
			
Fikrlar