20 apr 10:58
Yangiliklar
Sport kurashlari
Osiyo chempionati. 38 yoshli Rustam Assakalov oltin medal uchun kurashadi
Ulan-Bator shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Bugun musobaqaning ikkinchi kuni yunon-rum kurashi bo'yicha qolgan beshta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. Biroz avval tajribali kurashchimiz Rustam Assakalov final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
-97 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Assakalov chorak finalda yaponiyalik Takaxiro Curudani 10-0, yarim finalda esa qozog'istonlik Sanjar Serikkanni 8-0 hisobida dog'da qoldirdi. Endi u kechki dasturda eronlik Mehdi Balihamzedehga qarshi Osiyo chempionligi uchun gilamga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar