So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

13 apr 16:26
Yangiliklar

Sport kurashlari

Osiyo chempionati. Bahromov oltin, Assakalov va Fattoev bronza uchun gilamga chiqadi

Qozog'istonning Olmaota shahrida sport kurashlari (erkin, yunon-rum va ayollar kurashi) bo'yicha Osiyo chempionati start oldi.

Bugun qita chempionatining birinchi kuni yunon-rum kurashchilar o'rtasida 5 ta vazn toifasida saralash bellashuvlari o'tkazilib, medallar uchun gilamga chiqadigan juftliklar malum bo'ldi.

55 kg vazndagi kurashchimiz Ilhom Bahromov 1/4 finalda tojikistonlik Aslamjon Azizov, 1/2 finalda eronlik Soulat Poya Marzni mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi. Endi Bahromov Osiyo chempionligi uchun yaponiyalik SHiotani Yuga qarshi gilamga chiqadi. 

63 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Rio Olimpiadasining bronza medali sovrindori Elmurat Tasmuradov iroqlik Muhammad Abbos Al Saydidan ustun keldi. Ammo, chorak finalda eronlik Meysam Dalhaniga 7-9 hisobida yutqazib qo'ydi. Bronza medali yo'lidagi o'tish bellashuvida qirg'izistonlik Urmatbek Amatovga imkoniyatni boy berdi.   

77 kg vaznda kurashgan terma jamoamiz azosi Bilal Nalgiev 1/8 finalda qatarlik Bahit SHarif Badrni engdi. Lekin 1/4 finalda hindistonlik Gurprit Singhga 8-11 hisobida yutqazdi. 

87 kg vazn toifasidagi tajribali yunon-rum kurashchimiz, Tokio Olimpiadasi licenzianti Rustam Assakalov kechki dasturda Osiyo chempionatining bronza medali uchun qozog'istonlik Nursulton Tursinovga qarshi gilamga chiqadi.CHorak finalda hindistonlik Kumar Sunildan ustun kelgan Assakalov yarim finalda eronlik Naser Alizadehga bellashuvni boy berdi. 

Eng og'ir vazn (130 kg) toifasidagi polvonimiz Suhrob Fattoev ham bronza medali uchun kurashadi. Uning raqibi qirg'izistonlik Murat Ramonov bo'ladi. Fattoev 1/4 finalda hindistonlik Navin Navinni 9-0 hisobida engdi. Yarim finalda esa eronlik Aliakbar Yusufiahmadchaliga yutqazib qo'ygan.      

Kechki dastur. Medallar uchun kurash

55 kg vazn toifasi. Final

Ilhom Bahromov (O'zbekiston) - SHiotani YU (Yaponiya)


87 kg vazn toifasi. Bronza uchun bahs

Rustam Assakalov (O'zbekiston) - Nursulton Tursinov (Qozog'iston)


130 kg vazn toifasi. Bronza uchun bahs

Suhrob Fattoev (O'zbekiston) - Murat Ramonov (Qirg'iziston)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing