07 apr 08:32
Yangiliklar
Boks/MMA
Osiyo chempionati. Bugun 6 nafar o'zbekistonlik bokschi yarim finalda ringga ko'tariladi
Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Batorda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etyapti.
Bugun O'zbekiston terma jamoasining 6 nafar bokschisi final chiptasi uchun janglarga kirishadi.
-80 kg vazndagi vakilamiz Ruxshona Parpieva to'g'ridan-to'g'ri final bosqichidan yurishini boshlaydi.
Bugungi juftliklar bilan tanishing:
-57 kg: Nigina O'ktamova - Jaismine (Hindiston) 09:30
-75 kg: Javohir Abdurahimov - Akash (Hindiston) 10:00
-85 kg: Jasurbek Yo'ldoshev - Lokesh (Hindiston) 10:45
-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov - Orazbek Assilkulov (Qozog'iston) 14:30
-80 kg: Fazliddin Erkinboev - Minseong Kim (Janubiy Koreya) 15:15
-90 kg: Halimjon Mamasoliev - Tog'ambay Sagindik (Qozog'iston) 15:45.


Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar