So’nggi yangiliklar

18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0 13:14Теренс Кроуфорд бокс тарихидаги энг яхши учта жангни айтди 0

22 iyu 20:27
Yangiliklar

Sport kurashlari

Osiyo chempionati. Bugun erkin kurashchilarimiz 1 ta kumush, 4 ta bronza medaliga ega chiqishdi

Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha o'smirlar (U 17) hamda yoshlar (U 23) o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.

Bugun o'smirlar o'rtasidagi qita chempionatining so'nggi kuni erkin kurash bo'yicha barcha g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. Biroz avval yakuniga etgan kechki final dasturida 7 nafar erkin kurashchimiz Osiyo chempionati medallari uchun gilamga chiqdi. Ulardan 5 nafari yakunda shohsupaga ko'tarildi.  

60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Javohir CHuliboev Osiyo chempionligi uchun kechgan bahsda mezbonlar vakili Bilol SHarip uulusha 5-8 hisobida yutqazib, kumush medal sohibiga aylandi. 

Uchinchi o'rin uchun bo'lib o'tgan bellashuvda raqiblaridan usnu kelgan Abbosbek Qobilov, Husanboy Usmonov, SHerzod Poyonov va Hikmatullo Qurbonov terma jamoamizga bronza medalini taqdim etishdi. 

Osiyo chempionati. Final dasturi

Oltin medal uchun

60 kg: Javohir CHuliboev - Bilol SHarip uulu (Qirg'iziston) 5-8

Bronza medal uchun 

45 kg: Behruz Qalandarov - Nurassil Assambek (Qozog'iston) 6-9

48 kg: Aziz Rahmonov - Ramil Rassim (Qozog'iston) 2-6

51 kg: Abbosbek Qobilov - Azim Abdikalikov (Qirg'iziston) 4-3  

55 kg: Husanboy Usmonov - Yoko Ito (Yaponiya) 7-0

92 kg: SHerzod Poyonov - Sahil Jaglan (Hindiston) 4-3

110 kg: Hikmatullo Qurbonov - Rentsendarjaa Munhbaatar (Mo'g'uliston) 10-0 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing