23 jan 12:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo chempionati. Bugun ikki nafar bokschimizga muxlislik qilamiz
Poytaxtimizda o'tayotgan boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida bugun ikkinchi kun bahslari o'tkaziladi.
Ushbu kun dasturida ikki nafar vakilimiz ringga ko'tarilishi belgilangan.
Dastlab -57 kg vazn toifasida Dilshod Abdulmurodov iroqlik Muhammed Makassesga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bahs taxminan 16:45 da boshlanadi. Ikkinchi bokschimizning chiqishi kunning eng so'nggi dasturiga to'g'ri kelmoqda. Unda -91 kg vazn toifasida Javohir Tog'aymurodov tojikistonlik Davlat Boltaevga qarshi jang qiladi. Bellashuv vaqti taxminan 18:30 ga to'g'ri keladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar