So’nggi yangiliklar

18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0 13:14Теренс Кроуфорд бокс тарихидаги энг яхши учта жангни айтди 0

22 iyu 13:39
Yangiliklar

Sport kurashlari

Osiyo chempionati. CHuliboev oltin, 6 nafar erkin kurashchimiz bronza uchun gilamga chiqadi

Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha o'smirlar (U 17) hamda yoshlar (U 23) o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.

Bugun o'smirlar o'rtasidagi qita chempionatining so'nggi kuni erkin kurash bo'yicha barcha g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. Kechki final dasturida 7 nafar erkin kurashchimiz Osiyo chempionati medallari uchun gilamga chiqadi. 

60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Javohir CHuliboev 1/4 finalda eronlik Sajad Pirdayehni so'nggi qo'lga kiritilgan ball (4-4) evaziga mag'lub etdi. Yarim finalda hindistonlik Surabh Surabhdan 12-9 hisobida ustun keldi. Uning Osiyo chempionligi uchun kechadigan bahsdagi raqibi Bilol SHarip uulu (Qirg'iziston) bo'ladi. 

Qolgan 6 nafar erkin kurashchimiz kechki final dasturida qita chempionatining bronza medallari uchun bahslarga kirishadi. 

Osiyo chempionati. Final dasturi

Oltin medal uchun

60 kg: Javohir CHuliboev - Bilol SHarip uulu (Qirg'iziston)

Bronza medal uchun 

45 kg: Behruz Qalandarov - Nurassil Assambek (Qozog'iston)

48 kg: Aziz Rahmonov - Ramil Rassim (Qozog'iston)

51 kg: Abbosbek Qobilov - Azim Abdikalikov (Qirg'iziston)   

55 kg: Husanboy Usmonov - Yoko Ito (Yaponiya)

92 kg: SHerzod Poyonov - Sahil Jaglan (Hindiston)

110 kg: Hikmatullo Qurbonov - Rentsendarjaa Munhbaatar (Mo'g'uliston)  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing