03 apr 12:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Osiyo chempionati: Eng ko'p 1/4 finalchi O'zbekistonda ham, Qozog'istonda ham emas!
Mo'g'ulistonning Ulan-Bator shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Kecha musobaqa doirasida nimchorak final bosqichidagi bellashuvlarga yakun yasaldi.
Qita birinchiligida 21 ta mamlakat vakillari bahs olib borishmoqda. CHorak finalga esa 19 ta terma jamoa azolari etib keldi. Eng ko'p ishtirokchi Hindistondan - 19 nafar! O'zbekiston va Qozog'istonda esa bir xil - 17 nafardan bokschi ushbu bosqichga etib kelgan.
CHorak finalchilar soni bo'yicha Hindiston etakchi:
Hindiston — 19
O'zbekiston — 17
Qozog'iston — 17
Mo'g'uliston — 12
Xitoy — 12
Yaponiya — 10
Koreya Respublikasi — 8
Xitoy Taypeyi — 8
Iordaniya — 7
Tojikiston — 6
Tailand — 6
Turkmaniston — 5
Qirg'iziston — 5
KXDR — 4
Butan — 2
Filippin — 2
Indoneziya — 2
BAA — 1
Vetnam — 1.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar