So’nggi yangiliklar

07:06Чимаев Царукян билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0

17 apr 21:56
Yangiliklar

Sport kurashlari

Osiyo chempionati. Erkin kurashchilarimizda 1 tadan kumush va bronza + FOTO

Xabaringiz bor, shu kunlarda Qozog'istonning Olmaota shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.

Bugun erkin kurash bo'yicha musobaqa boshlandi va birinchi kuni 5 ta vazn toifasida g'olib hamda sovrindorlar nomi malum bo'ldi. Saralash bahslaridan so'ng uch nafar kurashchimizning kechki dasturda medallar uchun gilamga chiqishi oydinlashgandi. 

70 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sirojiddin Hasanov finalda oltin medal uchun kurashdi va afsuski, qozog'istonlik Sirbaz Talgatga 2-6 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

57 kg vazndagi kurashchimiz Nodirjon Safarov bronza medali uchun bo'lib o'tgan uchrashuvda falanstinlik Ali Aburumaylani 12-2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Terma jamoamizning 65 kg vazn toifasidagi vakili Nodir Rahimov esa bronza medali uchun bellashuvda eronlik Morteza Giasi CHekaga yutqazdi. 

SHu tariqa, erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatining birinchi kunida 1 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. Ertaga qolgan 5 ta vazn toifasida bahslar o'tkaziladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing