21 iyu 22:04
Yangiliklar
Osiyo chempionati. Erkin kurashchilarimizdan bittadan kumush va bronza
Bugun o'smirlar o'rtasidagi qita chempionati bahslari boshlandi. O'zbekiston terma jamoasining 10 nafar azosi ushbu bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. 65 kg vaznda gilamga chiqqan Akobir Rahimov finalga qadar etib kelib, Osiyo chempionatining kumush medaliga sazovor bo'ldi.
U oltin medal uchun kechgan bahsda turkmanistonlik Alp Arslan Begenjovga yutqazib (6-9) qo'ydi. Akobir finalgacha Mo'g'uliston, Yaponiya va eronlik raqiblarini taslim etgan edi.
Yana bir erkin kurashchimiz Abbosjon Yo'ldoshev Osiyo chempionatining bronza medalini qo'lga kiritdi. 80 kg vazn toifasida kurashgan hamyurtimiz bronza uchun bellashuvda Janubiy Koreya vakili YU Min Jangdan 18-7 hisobida ustun keldi.
Qolgan vazndagi erkin kurashchilarimiz ertaga medallar uchun bellashuvlarga gilamga chiqishadi.
Fikrlar