So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

23 iyu 18:30
Yangiliklar

Sport kurashlari

Osiyo chempionati. "Klassiklarimiz" birinchi kunni 2 ta oltin, 2 ta kumush medal bilan yakunlashdi

Qirg'izistonning Bishkek shahrida o'tkazilayotgan o'smirlar (U 17) va yoshlar (U 20) o'rtasidagi Osiyo chempionatining navbatdagi kungi bahslari ham o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.

Quvonarlisi, bugungi bellashuvlarda ishtirok etgan 4 nafar yunon-rum kurashchimizning bari medallarga ega chiqdi. Ulardan birinchilardan bo'lib SHermuhammad SHaribjonov Osiyo chempionligini rasmiylashtirib oldi. 60 kg vazndagi yunon-rum kurashchimiz oltin medal uchun kechgan bahsda qirg'izistonlik Nurmuhammet Abdullaevni 9-0 hisobida dog'da qoldirdi.

Osiyo chempionligi uchun asosiy davogar hisoblanayotgan yurtdoshimiz Abror Atabaev bu taxminlarni amalda oqladi. Yaqindagina Qozog'istonda o'tgan kattalar o'rtasidagi nufuzli reyting turniri g'olibi bo'lgan Atabaev endi yoshlar orasida Osiyo chempioniga aylandi. U final uchrashuvida qirg'izistonlik Azamat Samatni 10-0 hisobida dog'da qoldirdi va O'zbekiston terma jamoasiga ikkinchi oltin medalni taqdim etdi.  

72 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Jahongir Hamroev Osiyo chempionatining kumush medaliga sazovor bo'ldi. Hamyurtimiz Osiyo chempionligi uchun kechgan murosasiz bahsda qirg'izistonlik Adilxan Nurlanbekovga 2-4 hisobida yutqazib qo'ydi. 

77 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Dilshod Omongeldiev final uchrashuvida qirg'izistonlik Akilbek Talantbekovga imkoniyatni boy (0-9) berib, Osiyo chempionatining kumush medaliga sazovor bo'ldi. 

SHu tariqa, yunon-rum kurashchilarimiz birinchi kungi bellashuvlarni 2 ta oltin, 2 ta kumush medali bilan yakunlashdi. Ertaga qolgan vazn toifalarida medallar uchun bellashuvlar davom ettiriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing