22 apr 15:09
Yangiliklar

Osiyo chempionati. O'zbek va qozoq bokschilari ringda to'qnash keldi+FOTO
Hozirgina yana bir hamyurtimiz ishtirokidagi jang yakunlandi. 64 kg vazn toifasidagi vakilimiz Halimbek Utegenov qozog'istonlik Talgat SHaykenga qarshi ringga ko'tarildi.
Afsuski, hakamlar qaroriga ko'ra qozog'istonlik bokschi ochkolar hisobi bo'yicha g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'llanma oldi. Hakamlarning qarori qanday ekanligini bokschimizning etirozidan ham bilsa bo'ladi.
Biroz avval 49 kg vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Sodirbek Kamolmirzaev Xitoy Taypeyi vakili Lu CHia-Xaoni birinchi raundning o'zidayoq ikkita nokdaun evaziga raqibini texnik nokautga uchratgandi.
56 kg vazn toifasidagi bokschimiz Abdumalik Xalokov esa raqibi filippinlik Yamar Autuakning sababsiz ringga chiqmaganligi sababli jangsiz navbatdagi bosqichga yo'llanma olgan edi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar