29 iyu 08:04
Yangiliklar
Osiyo chempionati qahramonlari pul mukofoti bilan taqdirlanishdi + FOTOREPORTAJ
Tailand poytaxti Bangkok shahrida o'tgan qita birinchiligida o'zbekistonlik dzyudochilar jami 29 ta medalni qo'lga kiritishgan edi. Tohir Fayziev murabbiyligidagi o'smirlarimiz yakunda 16 davlat orasida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashgan bo'lsa, Kamol Murodov va Iskandar Rasulov murabbiylik qilayotgan yoshlarimiz Osiyoda ikkinchi o'rinni band etishgandi.
Kuni kecha O'zbekiston dzyudo federaciyasi tomonidan Osiyo chempionati qahramonlari bir piyola choyga taklif etildi. O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov murabbiylar, dzyudochilar, shifokorlar, umuman delegaciyaning har bir azosiga pul mukofotlarini taqdim etdi.
O'z o'rnida dzyudochilar kelgusi musobaqalarda ham Yangi O'zbekistonning g'alabalariga munosib ulush qo'shishga vada berishdi.
Fikrlar