22 apr 12:53
Yangiliklar

Osiyo chempionati. Sodirbek raqibini texnik nokautga uchratdi+FOTO
Bugun musobaqa dasturidan bir nechta janglar o'rin olgan bo'lib, ularning beshtasi o'zbekistonlik bokschilar ishtirokida o'tkazilishi haqida xabar bergan edik.
Hozirgina 49 kg vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Sodirbek Kamolmirzaev o'z jangini yakunladi. U Xitoy Taypeyi vakili Lu CHia-Xaoga qarshi ringga ko'tarilib, birinchi raundning o'zidayoq ikkita nokdaun evaziga raqibini texnik nokautga uchratdi.
Birozdan so'ng o'tkaziladigan janglar:
52 kg: Samandar Xolmurodov - Xan Jin CHol (KXDR)
56 kg: Abdumalik Xalokov - Yamar Autuak (Filippin)
60 kg: Ramazon Ziyatov - Kubanichbek Uulu Umar (Qirg'iziston)
64 kg: Halimbek Utegenov - Talgat SHayken (Qozog'iston)
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar