01 fev 20:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo chempionati sovrindori bo'lgan o'zbek bokschisi prof boksda debyut qildi
Rossiya Federaciyasining Kaliningrad shahrida professional boks oqshomi o'tkazilmoqda.
Kecha doirasida Osiyo chempionati sovrindori SHukurjon Rahimov professional boksdagi ilk jangini o'tkazdi.
Ikkinchi yarim engil vazn toifasida o'tkazilgan jangda hamyurtimiz Janubiy Afrika Respublikasi vakili Ripfumelo CHikvambanaga qarshi ringga ko'tarildi.
6 raundga mo'ljallangan jangni hamyurtimiz ustunlik bilan o'tkazdi. Bahs to'liq davom etdi va yakunda hakamlar bir ovozdan SHukurjon Rahimovning g'alaba qozonganini qayd etishdi.
Malumot uchun, afrikalik bokschi shu kungacha 9 ta jang o'tkazib ularning 6 tasida g'alaba qozongandi. 3 marotaba mag'lub bo'lgandi. Rahimovga qarshi jang Ripfumelo uchun faoliyatidagi 10-jang bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar