So’nggi yangiliklar

19:40Шаҳобиддин Эгамов Тошкентда чемпионлик камари учун жанг қилади (ПОСТЕР) 0 18:57Осиё ўйинлари. Мусобақанинг илк кунида қайси спортчиларимиз баҳсларда иштирок этишади? 1 18:37Mangu Дубайдаги ММА Лигаси билан ҳамкорликда турнир ўтказади (ВИДЕО) 0 18:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 18:01Ўзбекистонлик оғир атлетикачи допинг туфайли 3 йилга четлатилди 0 17:22Тухель 2022 йилда Роналдунинг "Челси"га ўтишига тўсқинлик қилган экан 0 16:50Рамазон Темиров Стив Эрцегга қарши жангга тайёрланиш учун қанча харажат қилганди? 0 16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0

03 mar 13:55
Yangiliklar

Sport kurashlari

Osiyo chempionati. To'rt nafar erkin kurashchimiz finalda, yana biri bronza uchun kurashadi

Qirg'izistonning Bishkek shahrida o'tkazilayotgan sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionati o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Bugun erkin kurash bahslarida ishtirok etayotgan sportchilarimizning barchasida medal qo'lga kiritish uchun imkoniyat saqlanib turibdi. Ularning to'rt nafari oltin medal uchun, yana biri esa bronza medali uchun gilamga chiqadi.

-57 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etayotgan Mahmudjon SHavkatov Xitoy Taypeyi, Qozog'iston va Eron mamlakatlaridan tashrif buyurgan sportchilarni mag'lubiyatga uchratdi. Endi u oltin medal uchun shimoliy koreyalik Kum Song Kangga qarshi kurash olib boradi.

-70kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Ixtiyor Navro'zov esa hindistonlik va qirg'izistonlik raqiblardan ustun kelib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Endi u hal qiluvchi jangda Janubiy Koreya vakili Seung Bong Liga qarshi gilamga chiqadi.

-79kg vaznda Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan Rashid Qurbonov esa finalga etib kelish uchun Janubiy Koreya, Turkmaniston va Yaponiya sportchilarini mag'lub etdi. Endi u Osiyo chempioni bo'lish uchun eronlik Izzatilloh Akbarizorinkolaini mag'lub etishi lozim.

-97kg vaznli Magomed Ibragimov bahslarda Turkmaniston, Qirg'iziston va Yaponiyadan tashrif buyurgan raqiblarni mag'lub etdi. Finalda esa sportchimiz eronlik Muhammadshafoi Gulihga qarshi kurashadi.

-65 kg vazn toifasida bahslarda qatnashayotgan Temurjon Usmonohunov xitoylik va janubiy koreyalik raqibni mag'lubiyatga uchratgandi. Afsuski, yarim finalda u qozog'istonlik kurashchiga yutqazib qo'ydi. SHunday bo'lsada, unda sovrindorlar qatoridan o'rin olish uchun imkoniyat etarli. Vakilimiz SHimoliy Koreya vakili Kukg Vang Kimni mag'lub eta olsa, bronza medali sohibiga aylanadi.

Reyting:    

Fikrlar

   
03 mar 15:53:20
Navroz Hojibekov
Mega shularni sporttvidan olib bermayabti
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing