26 apr 09:17
Yangiliklar
Osiyo chempionati. Velosportchilarimizning kechagi benefisidan FOTOGALEREYA
Kecha ikki nafar vakilimiz sprint poygasida shoxsupaga ko'tarildi. Ayollar o'rtasida 23 yoshgacha bo'lgan sportchilar toifasida hamyurtimiz Renata Baymetova bronza medalini qo'lga kiritdi. U 30 kilometrga o'tkazilgan poygada Xitoy Taypeyi vakili Tin Tin CHan hamda kunchiqar yurt Yaponiya terma jamoasi azosi Yumi Kajixaradan ortda qolgan holda marra chizig'ini kesib o'tdi.
O'zbekiston terma jamoasiga dastlabki oltin medalni esa ko'plab xalqaro turnirlar g'olibi Olga Zabelinskaya taqdim etdi. 30 kilometr masofaga kechgan elit, yani kattalar toifasidagi poygada u eng yaxshi natijani qayd etdi va oltin medalga sazovor bo'ldi.
SHuni alohida takidlash joiz, bu terma jamoamizning mazkur musobaqadagi birinchi oltin medali bo'ldi. Ushbu masofada kumush medal Janubiy koreyalik Jumi Li, bronza medali esa Xitoy Taypeyi vakilasi Tin Yin Xuangga nasib etdi.
Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov
Fikrlar