13 apr 07:23
Yangiliklar
Osiyo chempionatida tarixiy natija qayd etgan dzyudochilarimiz Bishkekdan qaytishdi FOTOREPORTAJ
Qita chempionatida to'liq tarkibda ishtirok etgan Ilias Iliadis va Nellya Kiyamova murabbiyligidagi dzyudochilarimiz yakunda 3 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan 29 davlat orasida umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallagandi. Jamoaviy bahslarda esa O'zbekiston terma jamoasi bronza medalini qo'lga kiritgandi.
Bundan bir necha daqiqa avval terma jamoamiz delegaciyasi Bishkek - Toshkent avia reysi bilan yurtimizga qaytib keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida muzaffar dzyudochilarimizni O'zbekiston turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi mutasaddilari, keng sport jamoatchiligi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib oldi.
Endi reja bo'yicha terma jamoamiz qisqa tanaffusdan so'ng 17 aprel kuni o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish maqsadida Gruziyaning tog'li Bakuriani shahriga jo'nab ketadi. Ushbu yig'in Qozon "Katta Dubulg'a" turniriga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
Fikrlar