So’nggi yangiliklar

19:52Super Rapid & Blitz Poland 2026. Синдаров турнирни нечанчи ўринда якунлади ва қанча мукофот пули ишлаб олди? 0 19:31Хамзат Чимаевни мағлубиятдан сўнг дарҳол жангга чорлашди 0 19:10Ўзбекистон ва Россия дзюдо федерациялари стратегик ҳамкорликни кенгайтирмоқда 0 18:4937 ёшли Мхитарян ёзда фаолиятини якунлаши мумкин 0 18:28Паркентда кураш ва белбоғли кураш бўйича анъанавий турнир ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:07Илҳом Назимовнинг "Киллер"га қарши илк RIZIN чемпионлик жангида нокаут қайд этилди 0 17:46Мария Тимофеева Istanbul Open чемпиони! 0 17:25Мбаппе ва Вальверде "Реал"нинг Класико учун қайдномасида йўқ! 0 17:04Спорт гимнастикачиларимиз Жаҳон челленж кубогида 3 та медалга сазовор бўлишди 0 16:43Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли жангида даҳшатли камбэк қайд этилди 0 16:22Дана Уайт тасдиқлади! Хамзат Чимаев Богдан Гусковнинг дивизионига ўтади 0 16:01"Манчестер Юнайтед" "Милан" ҳимоячисини сотиб олиши мумкин 0 15:40"Чироғингни ўчириб қўяман". Чемпион Стриклендга "вызов"лар бошланди 0 15:19Артур Гулиев Жаҳон кубогида кумуш медални қўлга киритди 0 14:58Музаффарбек Тўрабоев бош соврин — автомобил соҳиби! (ФОТОРЕПОРТАЖ) 0

21 fev 17:41
Yangiliklar

Taekvondo

Osiyo chempionatida to'rtta medal olgan o'zbek taekvondochisi Jasur Boyqo'ziev bilan intervyu

O'zbekistonlik sobiq taekvondochi Jasur Boyqo'ziev bugungi kunda murabbiylik faoliyatini olib bormoqda.

O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati to'rtta Osiyo chempionati sovrindori bilan suhbatlashdi. 

- Osiyo chempionatlarida to'rtta medal olgan yagona o'zbekistonlik sportchi hisoblanasiz... 

- Albatta, 2012-2018 yillarda to'rtta Osiyo chempionatida ishtirok etib, jami to'rtta medal qo'lga kiritgan O'zbekistondagi yagona taekvondochi ekanligimdan faxrlanaman. 


- 2014 yilgi qita chempionati O'zbekistonda o'tkazilgan. O'z uyingizda, xalqingiz qarshisida osiyo chempioni bo'lgansiz. O'sha lahzalarda ichingizdan qanday hissiyotlar o'tgan? 

- O'zbekistonda o'tkazilgan Osiyo chempionatida juda ham qattiq hayajonlanganman. Sababi o'z uyimda yutqazib qo'yishdan juda ham qo'rqqanman. Yutqazishga haqqim yo'q edi. O'sha Osiyo chempionatiga qadar o'zbekistonlik taekvondochilar Osiyo chempionatida hech qachon oltin medal qo'lga kiritmagandi. O'sha musobaqa finalida eronlik Jahon chempioni va Olimpiada o'yinlari sovrindori bo'lgan Yusuf Karamiga qarshi tatamiga chiqqandim. Karami ko'plab janglarida raqiblarini nokautga uchratib g'alabaga erishgan, kamiga yarim finalda ham u xitoylik taekvondochini nokaut qilgandi. Finalda yana o'z xalqim qarshisida nokautga uchrab qolmasam bo'ldi deb jang o'tkazgandim. Yakunda uni mag'lub etib, taekvondo bo'yicha o'zbekistonlik birinchi Osiyo chempioni bo'lib tarixdan joy olganman. Buni ham doim faxr bilan yodga olaman. 



- Xoshiminda 2012 va 2018 yillarda ikki marta kumush medallarga ega chiqqansiz. Xoshimin siz uchun omadsiz shaharmi yoki? 

- Balkim. 2012 yilgi qita chempionatining finalida vetnamlik sportchiga qarshi jangda menga ozgina omad etishmagan. Asosiy raundlarda 5:5 hisobi qayd etilgan. Qo'shimcha raundda bitta zarba o'tkazib yuborib mag'lub bo'lgandim. 2018 yilgi musobaqada esa 1,5 yillik tanaffusdan keyin yana katta sportga qaytganimdan so'ng qatnashgandim. SHu bois bu Osiyo chempionatidagi kumush medalni yaxshi natija deb hisoblayman. 


- 2016 yil Manilada o'tgan Osiyo chempionatini qanday yodga olasiz? 

- 2016 yildagi Osiyo chempionatida bronza medaliga ega chiqqanman. O'shanda yarim finalda koreyalik sportchiga 4:5 hisobida yutqazib qo'ygandim. 


- Bo'lajak Osiyo chempionatidan oldin o'zbekistonlik yosh taekvondochilarga qanday maslahatlar berasiz?

- Sportchilarga maslahatim shuki jang davomida mashg'ulotda qilingan va qila olishi mumkin bo'lgan barcha ishni qilsa va murabbiylar aytganini qilib o'ziga ishoncha albatta g'alaba qozonadi. Barcha taekvondochilarimizga Osiyo chempionatida omad tilab qolaman.


O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing